📌 Google reklamasi qanday joylashtiriladi?
Siz reklama matnini yozdingiz, budjet belgiladingiz. Endi savol: reklamangiz ko‘rinadimi va qidiruv natijalari sahifasining qaysi qismida?
👉 Bu savolga Google Ads auksioni (Auction) javob beradi.
🎯 Auksion qanday ishlaydi?
- Har safar foydalanuvchi qidiruv so‘rovi (search query) kiritsa, Google real vaqt rejimida auksion o‘tkazadi.
- Google reklamalarni tartiblash va har bir klik uchun narxni aniqlashda "ikkinchi narxli auksion" (Second Price Auction) usulini qo‘llaydi.
- Ya’ni siz 400 so‘m taklif qilsangiz, lekin sizdan keyingi raqib 300 so‘m bo‘lsa — siz 301 so‘m to‘laysiz (ya’ni raqibdan 1 so‘m yuqori).
🏆 Raqobatni yutish uchun — Reklama reytingi (Ad Rank) muhim
Reklama sahifada ko‘rinadimi yoki yo‘qmi va qayerda chiqadi — Ad Rank (reklama reytingi) orqali aniqlanadi.
Reytingga quyidagi 5ta omil ta’sir qiladi:
- Taklif narxi (stavka) – siz qancha to‘lashga tayyorsiz
- Reklama sifati – quyida batafsil
- Qidiruv konteksti – foydalanuvchining joylashuvi, qurilmasi, soat va h.k.
- Reklama kengaytmalari (extensions) – qo‘shimcha link, telefon raqami va boshqalar
- Minimal talablar (threshold) – reklama chiqarilishi uchun kerakli eng kam reyting
🔍 Reklama sifatiga ta’sir qiluvchi 3 asosiy omil:
| Omil |
Izohi |
| 🟢 CTR prognozi (Expected CTR) |
Foydalanuvchilar reklamani bosish ehtimoli. Yuqori bo‘lsa – reyting oshadi. |
| 🟢 Landing page sifati |
Reklamaga mos, foydali, tez ochiladigan va aniq ma’lumotli sahifa bo‘lishi kerak. |
| 🟢 Reklama relevanti |
Foydalanuvchi yozgan so‘rov bilan reklama mazmuni qancha mos tushadi. |