🎯 Obyektlar nima va nima uchun kerak?
- Obyektlar (extensions) – reklamalarga qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shish imkonini beradigan vositalar bo‘lib, ular foydalanuvchining ehtiyojlariga mos holda reklama samaradorligini oshiradi.
- Ular reklamani ko‘proq ko‘zga tashlanadigan, ahborotga boy va foydalanuvchi uchun dolzarb holatga keltiradi.
📈 Obyektlarning afzalliklari:
- Ko‘proq e’tibor jalb qilish (reklama kattalashadi, diqqatga sazovor bo‘ladi)
- Reklama samaradorligini oshirish, ko‘proq kliklar olib kelish
- Ko‘proq konversiyalar (mijozga aylanish)
🔎 Obyektlarning turlari:
1. Rasm obyektlari (Image extensions)
- Reklamaga rasm qo‘shiladi: mahsulot, xizmat yoki brendni yaxshiroq ko‘rsatadi
- 1:1 yoki 1,91:1 formatda
- Dinamik rasm obyektlari esa sayt sahifasidan avtomatik olinadi
2. Kompaniya logotipi va nomi
- Google avtomatik tarzda kompaniya nomi va logotipini chiqaradi
- Bu ishonchni oshiradi va 8% ko‘proq konversiya olib keladi
3. Qo‘shimcha havolalar (Sitelinks)
- Foydalanuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kerakli sahifaga olib boradi
- 8–10 ta foydali havola qo‘shish tavsiya etiladi