PR va media kommunikatsiyalar sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

🔷 ASOSIY VAZIFALAR:

🔹 Bankning axborot va PR strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

🔹 OAV, blogerlar va davlat tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish;

🔹 Matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa media tadbirlarni tashkil etish;

🔹 Bank faoliyatiga oid rasmiy bayonot, izohlar va chiqishlar matnini tayyorlash;

🔹 Media maydonni monitoring qilish, salbiy axborot sababli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan reputatsion risklarni boshqarish;

🔹 Bankning ijobiy imiji va jamoatchilik bilan kommunikatsiyalarini rivojlantirish;

🔹 Rahbariyatga media tendensiyalar va jamoatchilik fikri bo'yicha tahliliy axborot kiritib borish.

🔷 TALABLAR:

🔹 Oliy ma'lumot (jurnalistika, PR, kommunikatsiyalar);

🔹 PR, jurnalistika yoki kommunikatsiyalar sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

🔹 Davlat (o'zbek) tilini mukammal bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

🔹 OAV, raqamli kommunikatsiyalar va zamonaviy PR instrumentlarini yaxshi tushunish;

🔹 Inqirozli kommunikatsiyalar va reputasion boshqaruv bo'yicha amaliy ko'nikmalar;

🔹 Strategik fikrlash, ommaviy kommunikatsiyalar va muzokara olib borish qobiliyati.

📧 Rezyumelarni [email protected] manziliga yuborishingiz mumkin.