Sun’iy intellekt (AI) loyihalarini muvofiqlashtirish, loyiha hujjatlari bilan ishlash hamda analitik va tashkiliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
🔷 SIZNING VAZIFALARINGIZ: 🔹 Sun’iy intellekt (AI) loyihalari bo‘yicha vazifalar bayonnomalarini yuritish; 🔹 AI loyihalari doirasidagi vazifalar ijrosini monitoring qilish va ularning holatini muntazam yangilab borish; 🔹 Uchrashuvlarni tashkiliy jihatdan tayyorlash hamda zarur materiallarni ishtirokchilarga tarqatish; 🔹 Bayonnomalar va loyiha hujjatlari arxivini yuritish; 🔹 Rahbariyat uchun hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash; 🔹 AI loyihalari bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish va vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish; 🔹 O‘z vakolati doirasida amaldagi qonunchilik hamda bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
🔷 NOMZODDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI: 🔹 Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot; 🔹 Kamida 2 yillik ish tajribasi; 🔹 Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmasi; 🔹 Sun’iy intellekt (AI) va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish; 🔹 Analitik va mantiqiy fikrlash qobiliyati; 🔹 O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
🔷 KASBIY KO‘NIKMALAR: 🔹 Loyiha hujjatlarini yuritish va monitoring qilish; 🔹 Hisobotlar tayyorlash va ma’lumotlarni tahlil qilish; 🔹 Microsoft Office (Excel, Word, PowerPoint) dasturlarida erkin ishlash; 🔹 Gamma, PowerPoint yoki shunga o‘xshash platformalarda professional taqdimotlar tayyorlash; 🔹 AI loyihalari bo‘yicha vazifalarni muvofiqlashtirish; 🔹 Jamoa bilan samarali muloqot qilish va vazifalarni boshqarish; 🔹 Analitik va tizimli fikrlash.
🔷 QO‘SHIMCHA USTUNLIKLAR: 🔹 AI yoki IT loyihalarida loyiha koordinatori sifatida ishlaganlik; 🔹 Sun’iy intellekt, Data Analytics yoki Project Management bo‘yicha bilim va tajriba; 🔹 Dinamik va tez o‘zgaruvchan loyiha muhitida ishlash tajribasi; 🔹 Zamonaviy taqdimot vositalari va vizualizatsiya platformalaridan foydalanish ko‘nikmasi.
📧 Rezyumelarni [email protected] manziliga 9.07.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.