Biz Sun’iy intellekt, Machine Learning va Data Science yo‘nalishida tajribaga ega, biznes jarayonlarini ma’lumotlar asosida takomillashtirish hamda zamonaviy AI yechimlarini ishlab chiqishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
🔷 SIZNING VAZIFALARINGIZ: 🔹 Ma’lumotlarni tadqiqiy tahlil qilish (EDA) orqali yashirin qonuniyatlarni aniqlash va Machine Learning yechimlari uchun gipotezalarni ishlab chiqish; 🔹 ML modellarini yaratish, o‘qitish, fine-tuning qilish, validatsiyadan o‘tkazish va sifat ko‘rsatkichlarini baholash; 🔹 Ma’lumotlarni tozalash (Data Preprocessing), anomal qiymatlarni aniqlash va modellashtirish uchun tayyorlash; 🔹 Feature Engineering orqali model aniqligini oshiruvchi yangi belgilarni yaratish; 🔹 Prognozlash, klassifikatsiya, klasterizatsiya va boshqa analitik modellarni ishlab chiqish hamda optimallashtirish; 🔹 Ishlab chiqilgan algoritmlar va modellarni tarixiy ma’lumotlarda (Backtesting) sinovdan o‘tkazish; 🔹 Mahsulotlar, biznes jarayonlari va mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qilish hamda biznes uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; 🔹 Machine Learning va AI sohasidagi yangi texnologiyalar, kutubxonalar va ilmiy yondashuvlarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish; 🔹 Bankning ichki me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritish.
🔷 NOMZODDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI: 🔹 Oliy ma’lumot: Data Science, Computer Science, amaliy matematika, Sun’iy intellekt yoki turdosh yo‘nalishlarda; 🔹 Machine Learning, Data Science yoki AI yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi; 🔹 Python dasturlash tilini va ML kutubxonalarini amaliy darajada bilish; 🔹 ML modellarini yaratish, optimallashtirish va baholash bo‘yicha tajriba; 🔹 O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
🔷 KASBIY KO‘NIKMALAR: 🔹 Exploratory Data Analysis (EDA) va statistik tahlil; 🔹 Data Preprocessing va Data Cleaning; 🔹 Feature Engineering; 🔹 Machine Learning modellarini yaratish va optimallashtirish; 🔹 Fine-tuning, Cross Validation va Model Evaluation; 🔹 Regression, Classification, Clustering va Forecasting modellarini qurish; 🔹 Backtesting va model monitoringi; 🔹 Python, Pandas, NumPy, Scikit-learn va boshqa ML kutubxonalari bilan ishlash; 🔹 Analitik fikrlash va biznes muammolarini ma’lumotlar asosida hal qilish; 🔹 Excel, Power BI va vizualizatsiya vositalari bilan ishlash.
🔷 QO‘SHIMCHA USTUNLIKLAR: 🔹 GitHub yoki Kaggle platformalarida amaliy portfolio mavjudligi; 🔹 Bank, FinTech, Retail yoki moliya sohasida AI/Data Science loyihalarida ishtirok etganlik; 🔹 Spark, Hadoop yoki PySpark bilan ishlash tajribasi; 🔹 AI/ML bo‘yicha ilmiy maqolalar bilan ishlash tajribasi; 🔹 Data Science, Computer Science yoki amaliy matematika yo‘nalishida magistr yoki PhD darajasi.
📧 Rezyumelarni [email protected] manziliga 9.07.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.