Biz Sun’iy intellekt, Machine Learning Engineering, Generative AI va MLOps yo‘nalishlarida tajribaga ega, AI yechimlarini production muhitga joriy etish hamda zamonaviy LLM texnologiyalari bilan ishlashni istovchi mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

🔷 SIZNING VAZIFALARINGIZ: 🔹 Production muhitida Machine Learning yechimlari va ma’lumotlarni qayta ishlash servislarining arxitekturasini loyihalash hamda joriy etish; 🔹 ML xizmatlari va inferens API interfeyslarini ishlab chiqish, integratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash; 🔹 Generative AI va Large Language Models (LLM) asosidagi amaliy yechimlarni ishlab chiqish va loyihalarga tatbiq etish; 🔹 Bankning maxfiy ma’lumotlarini himoya qilgan holda korporativ RAG (Retrieval-Augmented Generation) tizimlarini yaratish va sozlash; 🔹 ML modellarining aniqligi, barqarorligi va samaradorligini monitoring qilish hamda sifat nazoratini olib borish; 🔹 AI yechimlarining biznes samaradorligini baholash uchun A/B testlash mexanizmlarini ishlab chiqish; 🔹 Data Mart, dashboard va analitik hisobotlarni yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash; 🔹 Model arxitekturasi, datasetlar va MLOps jarayonlari bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va yuritish; 🔹 Bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritish.

🔷 NOMZODDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI: 🔹 Oliy ma’lumot: Computer Science, Sun’iy intellekt, Data Science, amaliy matematika yoki turdosh yo‘nalishlarda; 🔹 Machine Learning Engineering, AI yoki Backend Development yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi; 🔹 Python dasturlash tilini mukammal bilish va AI/ML ekotizimlari bilan ishlash tajribasi; 🔹 Production muhitiga AI yechimlarini joriy etish bo‘yicha tajriba; 🔹 O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.

🔷 KASBIY KO‘NIKMALAR: 🔹 FastAPI, Flask yoki gRPC yordamida yuqori yuklamali API servislarini ishlab chiqish; 🔹 Docker, Kubernetes va zamonaviy container texnologiyalaridan foydalanish; 🔹 Large Language Models (LLM), Prompt Engineering va Fine-tuning; 🔹 LangChain, LlamaIndex, Hugging Face ekotizimlari bilan ishlash; 🔹 RAG (Retrieval-Augmented Generation) tizimlarini yaratish; 🔹 Qdrant, Milvus, PGVector, Chroma kabi vektorli ma’lumotlar bazalari bilan ishlash; 🔹 MLflow, ClearML yoki DVC yordamida MLOps jarayonlarini tashkil etish; 🔹 SQL, PostgreSQL, ClickHouse va ETL jarayonlari bilan ishlash; 🔹 Power BI, Tableau yoki Streamlit yordamida dashboardlar yaratish; 🔹 Git (GitHub/GitLab), Confluence va Markdown asosida texnik hujjatlashtirish.

🔷 QO‘SHIMCHA USTUNLIKLAR: 🔹 GenAI va LLM yechimlarini production muhitga joriy etgan loyihalar tajribasi; 🔹 Linux, Docker, CI/CD va GPU infratuzilmasi bilan ishlash tajribasi; 🔹 Bank, FinTech yoki High-load tizimlarda ishlaganlik; 🔹 GitHub yoki GitLab platformalarida amaliy portfolio mavjudligi; 🔹 AI/ML bo‘yicha xalqaro professional sertifikatlar.

📧 Rezyumelarni [email protected] manziliga 9.07.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.