🔹 Bankning muddati o‘tgan va muammoli qarzdorliklarini undirish jarayonlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Bank manfaatlarini himoya qilish maqsadida shartnomaviy, da’vo va sud ishlari bo‘yicha huquqiy ishlarni yuritish;
🔹 Bank manfaatlarini barcha sud instansiyalarida, majburiy ijro organlarida, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida himoya qilish;
🔹 Muammoli qarzdorliklarni undirish va muammoli aktivlarni realizatsiya qilish strategiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
🔹 Ijro ishlarini va majburiy undirish jarayonlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Qarzdorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotlik ishlari bo‘yicha huquqiy hamrohlik qilish;
🔹 Biriktirilgan hududlarda muammoli aktivlar bo‘yicha yuridik va ijro harakatlarini nazorat qilish.
🔹 Oliy yuridik ma’lumot;
🔹 Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi;
🔹 O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, iqtisodiy, bank va protsessual qonunchiligini bilish;
🔹 Da’vo va sud ishlarini yuritish tartibini bilish;
🔹 Sud jarayonlari hamda sud hujjatlarini majburiy ijro etish mexanizmlarini tushunish;
🔹 Muammoli qarzdorliklarni undirish va kredit ta’minoti bilan ishlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik tartib-taomillarini bilish;
🔹 Da’vo arizalari, shikoyatlar, iltimosnomalar, huquqiy xulosalar va boshqa yuridik hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmasi;
🔹 Bank manfaatlarini sudlarda, majburiy ijro organlarida va boshqa davlat organlarida himoya qilishga tayyorlik.