Biz muammoli aktivlar, sud-huquq ishlari va majburiy undiruv jarayonlarini huquqiy jihatdan samarali yurita oladigan tajribali yuristlarni jamoamizga taklif qilamiz.
🔷 SIZNING VAZIFALARINGIZ: 🔹 Bankning muammoli aktivlarini undirish va realizatsiya qilish jarayonlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; 🔹 Bankning mol-mulki hamda mulkiy manfaatlarini huquqiy himoya qilish; 🔹 Shartnomaviy-huquqiy, da’vo va sud ishlari bilan shug‘ullanish; 🔹 Sudlarning barcha instansiyalarida, majburiy ijro organlarida, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organlarida Bank manfaatlarini himoya qilish; 🔹 Qarzdorlikni majburiy undirish jarayonlarini huquqiy jihatdan kuzatib borish; 🔹 Muammoli aktivlar bo‘yicha nizolarni sudgacha hal etish jarayonlarida ishtirok etish; 🔹 Qarzdorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotlik jarayonlarini huquqiy jihatdan yuritish; 🔹 Bank mulki va boshqa aktivlarini boshqarish hamda realizatsiya qilish jarayonlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash.
🔷 NOMZODDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI: 🔹 Yuridik yo‘nalishda oliy ma’lumot; 🔹 Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi; 🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, iqtisodiy va protsessual qonunchiligini bilish; 🔹 Da’vo-sud ishlarini yuritish tartibini bilish; 🔹 Sud va majburiy undiruv jarayonlarini yaxshi tushunish; 🔹 Ijro ishlarini yuritish mexanizmlarini bilish; 🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik tartib-taomillarini tushunish; 🔹 Da’vo arizalari, shikoyatlar, iltimosnomalar, huquqiy xulosalar va boshqa protsessual hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmasi; 🔹 Muammoli aktivlar va garov mulki bilan ishlash tajribasi; 🔹 Sudlar, majburiy ijro organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida Bank manfaatlarini himoya qilishga tayyorlik.
🔷 KASBIY KO‘NIKMALAR: 🔹 Da’vo-sud ishlari; 🔹 Sudlarda vakillik qilish; 🔹 Ijro ishlarini yuritish; 🔹 Muammoli qarzdorlikni undirish; 🔹 Muammoli aktivlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash; 🔹 Protsessual hujjatlarni tayyorlash; 🔹 Huquqiy xulosalar tayyorlash; 🔹 Garov mulki bilan ishlash; 🔹 Aktivlarni realizatsiya qilishni huquqiy qo‘llab-quvvatlash; 🔹 Sudgacha nizolarni hal etish; 🔹 Davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik; 🔹 Analitik fikrlash va huquqiy tafsilotlarga yuqori e’tibor.
🔷 BIZ TAKLIF QILAMIZ: 🔹 O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish; 🔹 Yirik tizimli bankda ishlash imkoniyati; 🔹 Murakkab huquqiy jarayonlar va muammoli aktivlar bilan ishlash bo‘yicha qimmatli tajriba; 🔹 Professional rivojlanish va martaba o‘sishi uchun imkoniyatlar; 🔹 Zamonaviy korporativ muhit va kuchli jamoa.
📧 Rezyumelarni [email protected] manziliga 09.07.2026 ga qadar yuborishingiz mumkin.