🔷 ASOSIY VAZIFALAR:
🔹 Korporativ va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
🔹 Bankning kredit portfeli, mijozlar bazasi va moliyaviy natijalarini samarali boshqarishni ta’minlash;
🔹 Yirik korporativ mijozlar bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish hamda yangi biznes imkoniyatlarini yaratish;
🔹 Kredit portfeli sifatini ta’minlash, risklarni boshqarish va muammoli qarzdorlik ustidan samarali nazoratni amalga oshirish;
🔹 Bank mahsulotlari, biznes jarayonlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish modelini takomillashtirish;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, davlat organlari, aksiyadorlar hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🔹 Tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlar jamoasini rivojlantirish va strategik tashabbuslarni amalga oshirish.
🔷 TALABLAR:
🔹 Oliy ma’lumot (moliyaviy-iqtisodiy, yuridik yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishida);
🔹 Bank yoki moliya tizimida kamida 10 yillik ish tajribasi, shu jumladan kamida 5 yillik rahbarlik tajribasi;
🔹 Korporativ va/yoki o‘rta biznesni boshqarish bo‘yicha tasdiqlangan tajriba;
🔹 Kreditlash, moliyaviy tahlil, risklarni boshqarish hamda yirik bitimlarni tuzish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy tajriba;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablari hamda bank qonunchiligini mukammal bilish;
🔹 O‘zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
🔹 MBA, CFA, ACCA yoki boshqa xalqaro professional sertifikatlarga ega bo‘lish ustunlik hisoblanadi.
🔷 BIZ TAKLIF QILAMIZ:
🔹 O‘zbekistonning yetakchi banklaridan birida yuqori darajadagi rahbarlik lavozimida faoliyat yuritish imkoniyati;
🔹 Yirik strategik loyihalarda ishtirok etish hamda bank rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shish imkoniyati;