HR sohasida strategik fikrlaydigan, mehnat qonunchiligini chuqur biladigan va HR jarayonlarini avtomatlashtirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

🔷 ASOSIY VAZIFALAR:

🔹 HR strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda departament direktoriga ko‘maklashish, departament va jamoa faoliyatini muvofiqlashtirish;

🔹 Rekrutment, adaptatsiya, korporativ madaniyat, ichki kommunikatsiyalar, o‘qitish va rivojlantirish yo‘nalishlarini boshqarish;

🔹 HR-analitika, KPI va motivatsiya tizimlarini rivojlantirish, HR ma’lumotlari asosida boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash;

🔹 Mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash, mehnat shartnomalari, buyruqlar, farmoyishlar va boshqa HR hujjatlarini nazorat qilish;

🔹 Mehnat nizolari va xizmat tekshiruvlarini yuritish, davlat mehnat inspeksiyasi va boshqa regulyatorlar bilan hamkorlik qilish;

🔹 Bankning lokal normativ hujjatlarini ishlab chiqish va yangilash;

🔹 HR jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish, HRIS, ATS, LMS, elektron hujjat aylanishi va arxiv tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;

🔹 HR jarayonlarini optimallashtirish va zamonaviy HR texnologiyalarini joriy etish.

🔷 TALABLAR:

🔹 Oliy ma’lumot (yuridik, HR, menejment, psixologiya, iqtisodiyot yoki turdosh yo‘nalishlar);

🔹 HR sohasida kamida 5 yil, shundan 2 yil rahbarlik tajribasi;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnat qonunchiligini chuqur bilish;

🔹 Mehnat shartnomalari, xizmat tekshiruvlari va mehnat nizolari bo‘yicha amaliy tajriba;

🔹 HR jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish, HRIS, ATS, LMS bilan ishlash tajribasi;

🔹 Rekrutment, T&D va HR-analitika bo‘yicha chuqur bilim;

🔹 Davlat organlari va regulyatorlar bilan ishlash tajribasi;

🔹 Kuchli liderlik, kommunikatsiya va tashkilotchilik ko‘nikmalari;

🔹 O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili — afzallik).